Qirolicha oilasida shahzoda tavallud topdi

Image copyright d
Image caption Dunyo matbuoti kutayotgan xabar

Kensington Saroyi Kembrij Gertsoginyasi Ketrin Dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat to‘rtdan yigirma to‘rt daqiqa o‘tganida ko‘zi yoriganini e‘lon qildi.

O‘g‘il chaqaloq 3kg 800gr ekanligi ma‘lum qilingan.

Saroyga ko‘ra, chaqaloq va onasi o‘zini yaxshi his etmoqda va bu tunni tug‘ruqxonada o‘tkazishadi.

Matbuot xabarnomasida chaqaloqning otasi Shahzoda Uilyam o‘z rafiqasi bilan birga bo‘lganligi aytiladi.

Image copyright PA

Qirolicha, Edinburg Gertsogi, Uels Shahzodasi, Kornvol Gertsoginyasi, Shahzoda Harri va ikkala tomon oila a‘zolariga xabar yetgan va ular mamnun ekanliklari qayd etiladi.

Chaqaloq Kembridj Gertsogi va Gertsoginyasining to‘ng‘ich farzandidir.

Homiladorlik oylari davomida Uilyam va Keyt homilaning o‘g‘il yoki qizligini aniqlamaslikka qaror qildilar.

Britaniya qirolligi oilasida yangi voris dunyoga kelgani haqidagi hujjat shifokorlar tomonidan imzolandi.

Bu hujjat maxsus xabarchi tomonidan politsiya hamrohligida Bukingem saroyiga yetkazildi.