Xitoy: Bo Silayga rasmiy ayblovlar qo‘yildi

Image copyright Reuters
Image caption Bo Silay Xitoydagi eng obro‘li siyosatchilardan biri hisoblanardi

Sinxua agentligining xabar berishicha, Xitoyda quvg‘indagi siyosatchi Bo Silayga qarshi rasman korruptsiya va o‘z mansab vakolatlarini suistimol qilish ayblovlari ilgari surilgan.

2012 yil oktyabrida xitoylik prokurorlar bir paytlar o‘ta nufuzli siyosatchi bo‘lgan Bo Silay ishi yuzasidan tergov boshlashgan edi.

Bo Silay bir paytlar Xitoydagi oliy organ - Kommunist Partiya Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining doimiy a‘zoligiga nomzod sifatida ko‘rilardi.

Xitoy janubi-g‘arbida joylashgan Chuntsin shahrida Kommunist Partiyaning sobiq boshlig‘i bo‘lgan Bo Silay uning xotini Gu Kaylay britaniyalik korchallon Nil Heyvudni o‘ldirishini tashkishllashtirishda ayblanishi ortidan vazifasidan bo‘shatil edi.

Bo Silay ishiga bog‘liq janjal Xitoy hukumatida korruptsiya naqadar chuqur ildiz otganini ko‘rsatdi.

Sinxua agentligiga ko‘ra, Bo Silay o‘z mansabidan "katta pullar" olish uchun foydalangan.

U shuningdek davlat mulkini o‘marishda ham ayblanmoqda.

BBC muxbirining xabar berishicha, rasmiy ayblovning mahkamaga yuborilgani yaqin orada mahkama ishi boshlanishini anglatadi.

Hatto 2012 yil boshida ham ko‘plab tahlilchilar Bo Silay Xitoy Kommunist Partiyasi siyosiy byurosining doimiy a‘zosiga aylanadi deb ishonishar edilar.

Biroq Bo Silay Xitoy davlati g‘azabiga 2012 yil martida uchradi.

Xotini britaniyalik korchallon Heyvud o‘limiga aloqador deb ko‘rilishi ortidan Bo Silay Chuntsin "intizomni buzgani uchun" Kommunist Partiya

rahbarligidan olib tashlandi.

Bo Silay o‘shandan buyon jamoatchilikka ko‘rinish bermay kelayotgandi.

Avgust oyida siyosatchining xotini qotillik uyushtirishda aybdor deb topilib, o‘lim jazosiga hukm etildi.

Bo Silayning o‘zi esa sentyabr oyida Xitoy Kompartiyasi safidan o‘chirildi.