SMS-xabarlardan kim xavotirda?

O‘zbekiston televideniyesi mobil telefonlardan SMS-xabar yuborish zararlaridan ogohlantiruvchi maxsus ko‘rsatuv namoyish etgan.

"O‘zbekiston" telekanalining maxsus ko‘rsatuvida SMS-xabar G‘arb madaniyatining unsuri ekani aytiladi, bu narsa yoshlarning ruhiy kamoloti va savodiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligi aytiladi.

Ko‘rsatuv "SMS-savodsizlik tomon qadam", deb nomlangan.

Unda mobil telefon orqali xabar yuborish paytida har xil alfavitdagi harflarni aralashtirish, imlo hamda talaffuz qoidalarini inkor etish va so‘zlarning o‘rniga rus tilida smaylik deb qabul qilingan suratchalardan foydalanish tobora ommalashib borayotgani tanqid qilinadi.

Bu esa yoshlarning savodxonligiga salbiy t‘asir ko‘rsatayotgani aytiladi.

Bundan oldin O‘zbek matbuotida Valentin kunini nishonlashga qarshi, yoshlarni zararli axborotdan himoya qilish va mobil telefonlar zarariga bag‘ishlangan maqola, ko‘rsatuv va eshittirishlar e‘lon qilingan.

Tahlilchilarga ko‘ra, ko‘pincha "G‘arbona qadriyat"larga qarshi namoyish etiladigan ko‘rsatuvlar O‘zbekiston hukumati buyurtmasi asosida tayyorlanadi.

Bu kabi taqiqlar chaqirig‘ida ayrim kuzatuvchilar O‘zbekiston hukumatining erkinliklarni yanada cheklash intilishlarini ko‘radilar.

Xo‘sh, bugungi zamonda SMS-xabar tarqatishni to‘xtatish mumkinmi?

Biz bu savolni Internet va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha ekspert, mustaqil jurnalist Qudrat Bobojonga berdik.

Qudrat Bobojonga ko‘ra, agar O‘zbekiston hukumati xohlasa, SMS-xabarni to‘xtata oladi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi