Davlat departamenti Yamanda terror tahdidi yuqori ekanini aytgan

Image copyright AP

Qo‘shma Shtatlar o‘zining Yamandagi elchixonasi xodimlariga Yamanni zudlik bilan tark etishga buyruq bergan va Amerika fuqarolarini ham ogohlantirgan.

Ogohlantirish AQShning dron uchoqlari Yamanda to‘rt nafar Al-Qoida jangarilari deb gumon qilingan shaxslarni o‘ldirishi ortidan yangragan.

O‘tgan dam olish kunlari Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharq va Afrikadagi yigirmaga yaqin diplomatik vakolatxonalarini yopgan.

Xo‘sh, tahdid haqida hozir nima ma‘lum?

Shu vaqtgacha Amerika rasmiylari xorijdagi elchixonalarni yopishga undagan xavf borasida deyarli hech qanday ma‘lumotlarni bermagandilar, lekin AQSh matbuotining xabar berishicha Al-Qoidaning rahbar a‘zolari oraisdagi so‘zlashuvlarga quloq tutish natijaisda bu qarorga kelingan.

New York Times ro‘znomasining yozishicha bu so‘zlashuv Al-Qoida rahbari Ayman al-Zavohariy bilan bo‘lgan va 2001 yilgi 11 sentyabr hujumlaridan beri eng jiddiy hujum rejalari bo‘lgan.

Times jurnaliga ko‘ra, al Zavahiri bilan so‘zlashuvda bo‘lgan shaxs Yamandagi Al- Qoida bosh vakili Nosir al-Vuhayshidir.

Matbuotda aytilishicha, ushbu so‘zlashuvlarda aynan qaysi yerlar nishonga olinishi aytilmagan, lekin hujum muqarrar bo‘lganligini anglash mumkin.

G‘arb hukumatlari Al-Qoidaning Yamandagi bo‘linmasi uyushtirmoqchi bo‘lgan hujumlarga ne qadar ishonch bilan qaramoqdalar?

Ular Al-Qoidaning butun Arabiston yarim orolidagi bo‘linmalari tomonidan xavfni juda jiddiy ko‘radilar, chunki ular shu vaqtgacha bomba hujumlarini uyushtirish yo‘llarida o‘ta topqir bo‘lib kelganlar.

Ushbu bo‘linma tarkibida saudiyalik bomba yasovchi Ibrohim al-Asiri bor. U o‘z ukasi tanasiga, balkida tanasi ichiga bomba yashirib shahzodalardan birini portlatib yuborish uchun jo‘natgan.

2009 yili esa Nigeriyalik Umar Faruq Abdumutalibning ichki kiyimiga yashirilgan bombani Detroytga yo‘l olgan uchoqda portlatish urunishi ham Yamanda rejalashtirilgandi.

Oxirgi yillar mobaynida Al-Qoidaning Arabiston yarimorolidagi rahbarlari mustassil ravishda amerikaning uchuvchisiz uchoqlaridan nishonga olindilar. Lekin ular mintaqaning ovloq va rasmiylar qo‘li yetmaydigan yerlarida yashirinishga muvaffaq bo‘lib, hujumlarni rejalashtirishda davom etdilar.

Aytib o‘tganimizdek, amerika rasmiylari va huquq tartibot organlari "maromiga yetib qolgan ulkan hujum" haqida ogohlantirishdan u yog‘iga o‘tmaganlar. Tafsilotlar berilmagan.

Dushanba kuni, CNN kanali bilan intervyuda Vakillar palatasi josuslik qo‘mitasi a‘zosi Datch Rappersberg bu ogohlar Amerika fuqarolarini qo‘rqitish maqsadiga ega emasligi, lekin har joyda kutilishi mumkinligini aytdi.

Amerikaliklar hayotlarini har doimgidek davom ettiraverishsin, faqatgina ogoh bo‘lishsin, dedi u.

Oq uy ma‘muriyatiga ko‘ra, ularning qo‘lida bo‘lgan ma‘lumotlarga binosan, hujumlarni avgust oyining oxirgi kunigacha kutish mumkin.

Ayni vaqtda Yaman rasmiylari poytaxt Sana va mamlakat bo‘ylab boshqa yerlarda hukumat va xorijiy nishonlarga hujum uyushtirishni rejalagan Al-Qoidaning 25 a‘zosi ismini oshkor etganlar.

Xullas, hujumlar haqidagi ogohlar o‘ta qat‘iyligicha qolmoqda.