Pokistonning Kvetta shahrida xudkush hujumchi kamida 28 kishining yostig‘ini quritdi

Image copyright BBC World Service
Image caption Kvettada motam marosimiga hujum

Kvettadagi motam marosimida o‘zini portlatgan xudkush hujumchi 28 nafar insonning umriga zomin bo‘lgan.

Qurbonlar orasida yuqori lavozimli politsiya zobiti ham bo‘lgani aytilmoqda.

Balujiston poytaxtida ro‘y bergan bu hujum oqibatida kamida 50 kishi tan jarohati olgan.

Hozirga qadar hech kim bu hujumga ma‘suliyatni o‘z bo‘yniga olgani yo‘q.

Ammo shubha-gumonlar yana mahalliy Toliblar tomon qaratilishi mumkin, chunki ayni shu aqidaparast guruh Balujistonda bir necha xudkushlik hujumlarini amalga oshirgani ma‘lum.

Ayni mintaqada nafaqat Toliblar faol, balki mazhablararo jangarilik ham avjiga chiqqan.

Seshanba kuni Balujiston bo‘lginchi guruhi Kvetta yaqinida avtobusga hujum qilishgan va kamida 13 yo‘lovchini o‘ldirishgandi.

Muxbirlarga ko‘ra, Pokistonda Ramazon oyi qonli kechgan, turfa hujumlar oqibatida to‘qsondan ortiq inson qurbon bo‘lgan.