O‘zbek kinosi eng yorqin yulduzlaridan biri Murod Rajabovga savol yo‘llang

Image copyright none

O‘zbekiston Xalq artisti Murod Rajabov 1949 yil 30 mayda Toshkent shahri Shayxontohur tumanida tug‘ilgan.

U 1971 yilda Toshkent teatr va rassomlik san‘ati instituti (hozirgi M.Uyg‘ur nomidagi Toshkent Davlat san‘at instituti)ning aktyorlik fakulteti tugatgan.

Bugungi kunda Muqimiy teatri rahbari va bosh direktori sifatida faoliyat olib boradi.

Aktyorlik faoliyatini 1968 yil "Yosh gvardiya" O‘zbek Davlat drama teatridan boshlagan.

O‘shandan beri u kino va teatrda qator o‘lmas obrazlar yaratgan.

"Birinchi bo‘sa", "Hammomga balo bormi?", "O‘n sakkiz yoshligim", "Oqar suvlar" va boshqa ko‘plab spektakllarda o‘ynagan rollari bilan tanilgan.

Murod Rajabov 1975 yildan boshlab kinoga tusha boshlagan.

Uning "To‘ylar muborak", "Ajoyib xayolparast", "Suyunchi", "Temir xotin", "Faqat g‘alaba" kabi qator filmlardagi betakror ijrosi tomoshabinlar ko‘nglidan joy topa bilgan.

Bugunda o‘zbek kinosini Murod Rajabovsiz tasavvur etish qiyin.

Murod Rajabov "Anora", "Pari Momo", "Ulfatlar" kabi filmlarga rejissyorlik ham qilgan.

San‘atga qiziqishimga dadamning Ibrohim Hamroyev degan kompozitor do‘stlari turtki bergan", deydi u.

Image copyright none
Image caption Murod Rajabov kino va teatrda qator betakror obrazlar yaratgan

San‘atkor hozirda "Zarba" deb nomlangan filmni suratga olish harakatida ekanini aytadi.

O‘zbekiston Xalq artisti Murod Rajabovga savollaringizni quyidagi forma orqali bbcuzbek.com ga yo‘llang.