London ajoyibotlari: metroda chipta do‘konlari yopiladimi?

Image caption London metrosi dunyoda eng qadim metrodir

London metrosining "maxfiy" rejasiga ko‘ra chipta sotadigan do‘konchalar yaqin orada yopilishi mumkinligini Leyboristlar partiyasi Transportchilar kasaba uyushmasi bilan birga bildirgan.

Ularning o‘rniga faqat chipta sotuvchi avtomatlar qolishi ko‘zda tutilgan.

Kasaba tashkilotiyu Leyboristlarning aytishicha 2020 yilga qadar 268 do‘koncha yopilib, 6,000 ishchi o‘z ishidan mahrum bo‘ladi degan hujjat ularning qo‘liga tekkan.

Biroq London metrosining bayonotiga ko‘ra 6,000 ish yerining yopilishi "ehtimoldan yiroqdir".

Metro rasmiylarining aytishicha, bil‘aks, ular metroda ko‘proq poyezdlar yurgizib, barcha bekatlarni ishchi kuchi bilan ta‘minlash rejalarini ko‘zlashmoqda.

London BBC xizmatining qo‘liga tushgan hujjatda aytilishicha, chindan ham metro rahbariyati chipta sotish do‘konchalarini yopish rejalarini ko‘rib chiqmoqda ekan.

Bu hujjatda London metrosining barcha bekatlari ro‘yxatga olinib, "chipta do‘koni qoladimi?" degan savolga "yo‘q" deb javob berilgan.

Transport kasaba uyushmasi bu qarorni "sotqinlik" deb atab, Boris Djonson London meri bo‘lib saylanishi oldidan har bir chipta do‘konini saqlab qolaman degan va‘dani bergan edi, deydi.

Shahar hokimiyati chiqargan bayonotda esa shahar meri metroni "xavfsizroq" hamda "ishonchliroq" qilgani aytiladi.