London ajoyibotlari: Milliband tuxum hujumi ostida

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Muholifatdagi Leyboristlar partiyasining rahbari Ed Milliband ta‘tildan qaytib London ko‘chalarida xalq bilan uchrashmoqchi bo‘lib yurganida saylovchilardan bittasi unga palag‘da tuxum otgan.

Janubiy Londonda yuz bergan bu hodisadan keyin Ed Milliband zo‘raki ravishda kulib: "Bu hodisa umrimda ilk bor yuz berayotgani yo‘q, aminmanki oxirgi safar ham emas!" - degan.

Xavfsizlik xodimlari tuxum irg‘itgan odamni ushlash bilan ovora ekan, Milliband janoblari Volvortdagi bozorchada mayda do‘kondorlar bilan suhbatini davom ettiravergan.

"Men saylovchilar bilan yangi yo‘ldagi aloqalarga moyilman" - deb zaxarxanda qilgan Leyboristlar boshlig‘i.

Tuxum otgan odam - Din Porterdan uning bu qilig‘iga izoh so‘rashganida, u: "Men unga ishonmayman!" - deb javob bergan.

"Ular banklarga imtiyozlar berishni to‘xtatishlari kerak. Ular hech narsa qilishayotgani yo‘q! Hukumat hech narsa qilayotgani yo‘q! Muholifat ham hech narsaga qo‘l urmayapti!" - deb noligan yumurtqachi Din Porter.

"Men ularga ishonmayman, kambag‘allar ularga yuk. Ularning fikri-zikri faqat bankirlarda!" - deb qo‘shib qo‘ygan u.