UzWebiston: O‘zbekiston qisqa satrlarda

Image copyright AP
Image caption O‘zbekiston Davlat televideniyesi yoshlarni internet tobelikning zarari haqida ogohlantirmoqda

Jahongir Ismoilov O‘zbekiston prezidentining fan, texnika va madaniyat masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi qilib tayinlangan. Bundan oldin Ismoilov Oliy va O‘rta maxsus ta‘lim bo‘yicha vazir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, deb xabar beradi 12news.uz sayti.

O‘zbekiston Davlat televideniyesi yoshlarni internet tobelikning zarari haqida ogohlantirmoqda.

O‘zbekiston kanali "Mulohaza uchun mavzu" ko‘rsatuvida ota-onalarni kompyuter va ijtimoiy tarmoqlarga yoshlarning haddan tashqari berilib ketishining oldini olishga chaqirgan. Ko‘rsatuvda aytilishicha, onlayn o‘yinlar va turli videolar yoshlarga zo‘ravonlikni targ‘ib qiladi. Ular giyohvand moddalar kabi kasallikdir. "Kim internet ijtimoiy tarmoqlariga qiziqib ketsa, oqibatda hissiz, ta‘sirsiz bo‘lishi" ta‘kidlangan.

O‘zbekiston Prezidenti talabalar bilimini baholash maqsadida Oliy o‘quv yurtlari reytingini tuzishni so‘ragan. Mutaxassislarga ikki hafta ichida universitetlarning reytingi va xalqaro talablarga javob berishini ko‘rib chiqishi topshirilgan.

MTSning O‘zbekistondagi sho‘‘ba korxonasi Uzdunrobita hissalari kimoshdi savdosida xaridor qiziqishini uyg‘otolmaganligi uchun, unga tegishli hissalar milliylashtirilib, davlat hisobiga o‘tkaziladi. Bu haqda Uzmetronom sayti xabar beradi.

O‘zbekistondagi Bilayn shirkati oliy o‘quv yurtlariga kirish natijalarini mobil telefonlariga sms orqali aniqlash xizmatini taklif qilmoqda.

Toshkentda milliy UZ domenining internet-festivali ochiladi. Festival Prezident rahbarligida Fond Forum tomonidan tashkil qilingani va aholining internetga yaqinlashtirish maqsadida ekani aytiladi.