Misr inqirozi: Musulmon Birodarlari yangi namoyishlarini boshladi

Image copyright AFP

Misr poytaxti Qohirada chetlatilgan prezident Muhammad Mursining minglab tarafdorlari juma namozi ortidan yana ko‘chalarga chiqishgan.

Ular armiya va xavfsizlik kuchlariga qarshi shiorlarni aytib, hayqirishmoqda.

Chorshanba kuni Musulmon Birodarlari tarafdorlari to‘plangan jamloqlari tozalanishi ortidan 638 inson nobud bo‘lgan.

Bugunni namoyishchilar "g‘azab kuni" deb atashgan va ikki kun oldingi qonli amaliyotlarga g‘azab izhor qilishga chaqirishgan.

So‘nggi xabarlarda namoyishchilar to‘xtagan Ramzes maydoni xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘rab olingani aytiladi.

Misrning muvaqqat hukumati politsiyaga namoyishchilarga qarshi jangovar qurol ishlatishga ruxsat bergan. Namoyishlar boshlanganidan beri o‘tgan vaqt ichida allaqachon o‘qotar qurollar ishga solingani xabar qilinadi.

Qohirada favqulodda holat e‘lon qilingan. BBC muxbiri shaharda vaziyat tarang ekanini aytmoqda.