Qirg‘izistonda kontrabandachilarning suv osti "aroq yo‘li" topildi

Image caption Qozog‘iston Bojxona Ittifoqiga qo‘shilgach, mamlakat mahsulotlarini qo‘shni davlatlarga kontrabanda yo‘li bilan olib chiqish kuchaydi

Qirg‘iziston chegara xizmati mamlakatga spirtli ichimliklarni kontrabanda qilishning g‘ayriodatiy usulini aniqlaganlar.

Kontrabandachilar alkogolni Qozog‘istonga suv osti quvur yo‘li bilan o‘tkazishgani oshkor bo‘lgan.

Kichik quvurcha Qozog‘iston va Qirg‘izistonni ajratib turuvchi Chuy daryosi tubidan o‘tkazilgan ekan, deydi Qirg‘iziston Chegara Xizmati matbuot Kotibi Gulmira Bo‘riboyeva.

"Rezina shlangning uzunligi besh yuz metrday, eni 20 santimetrlarcha bor. Bizga ushbu quvur orqali Qozog‘istondan Qirg‘izistonga spirt o‘tkazilgan ekan. Bizning chegarachilar topilgan quvur borasida qozoq hamkasblariga xabar berishdi. Ular ham qazish ishlarini boshlashdi. Oxiri spirt o‘tkazish yo‘li topildi", - deydi Gulmira Bo‘riboyeva.

Qirg‘iz chegarachilari gumoniga ko‘ra, ushbu suv osti quvuri orqali mamlakatga "minglab litr" spirtli ichimlik kiritib turgan.

Ammo, "kashfiyotchi-kontrabandachilar"ni ushlashning imkoni bo‘lmagan.

Spirtni noqonuniy yo‘llar bilan Qirg‘izistonga olib kirish ilk bor kuzatilayotgani yo‘q.

Shu yil boshida Chuy daryosi ostidan o‘tgan "yog‘ quvuri" aniqlangandi.

Dunyoning eng yirik bug‘doy eksporchilaridan hisoblangan Qozog‘istonda spirt juda arzon turadi.

O‘tgan yili Qozog‘iston Bojxona Ittifoqiga qo‘shilgach, spirtni qo‘shni davlatlarga olib chiqish taqiqlangandi.

Natijada qo‘shni davlatlarda, jumladan Qirg‘izistonda spirt bahosi qimmatladi, Qozog‘istondan kontrabanda yo‘llari bilan spirt olib chiqish urinishlari esa kuchaydi.