London ajoyibotlari: Shadga chirmashma

  • 16 Avgust 2013
Image copyright Reuters
Image caption Namoyishchilar "Arktikani qutqaring!" degan bayroq ko‘tarishgan

Londonning Shard (Shad) binosiga ko‘tarilgan Greenpeace (Yashil Tinchlik) a‘zolari ijtimoiy tartibni jiddiy ravishda buzishda ayblangan.

Manchesterlik 27 yashar Alison Garrigan mahkama oldida 29 avgust kuni paydo bo‘lishi kerak.

Ovrupada enga baland bo‘lgan 310 metr baland binoning ustiga 16 soat davomida ko‘tarilishgan yana besh ayol ijtimoiy tartibni buzishda ayblanib ogoh etilgan.

87 qavat bu binoni ular iyul oyida ishg‘ol qilib Arktikada neft qazib olish rejalariga qarshiligini izhor etishgan.

Ular xavfsizlik xizmatini dog‘da qoldirib tongsaharda bino ustiga chirmasha boshlashgan va qalpoqlariga o‘rnatilgan webkameralar yordamida Shell va boshqa neft shirkatlariga qarshi o‘z amallarini jonli ravishda internetga taratishgan.

Piramida shaklidagi Shadning cho‘qqisida bulardan ikkitasi "Arktikani qutqaring!" yozuvli bayroqlarini o‘rnatishgan.

Shell shirkati o‘z bayonotida Arktikada neft qazish yangi hol emasligini ta‘kidlagan.

Shardning egalari qatarliklar bo‘lib bu bino ushbu yilning fevral oyida ochilgan, binoda restoranlar, ofislar, mehmonxona hamda turar joylar mavjud.