London ajoyibotlari: yangi tekshiruv

Image copyright PA
Image caption London politsiyasi Malika Diana va Dodi Al Fayedlarning o‘limiga doir yangi ma‘lumotlarni qo‘lga kiritgan

London politsiyasi Malika Diana va Dodi Al Fayedlarning o‘limiga doir yangi ma‘lumotlarni qo‘lga kiritgan.

Skotland Yardning bildirishicha politsiya yangi ma‘lumotni chamalab va baholab chiqmoqda.

London politsiyasi ishni qayta ko‘rib chiqmasligini bildirgan.

2008 yili yuz bergan tekshiruv 1997 yilning 31 avgust kuni Malika Diana va Dodi Al Fayed qisman haydovchining aybi natijasida "noqonuniy tarzda" qatl etilganligi qayd etilgandi.

Skotland Yardning aytishicha bu xususda boshqa izoh berilmaydi.

Qirol xonadoni so‘nggi yangilikni sharhlamagan.

Muhammad Al Fayed esa ushbu tekshiruvning astoydil o‘tkazilishiga umid bildirgan.