Minglab qochqinlar Suriyadan Iroq Kurdistoniga sizib kirmoqda

Image copyright UNHRC
Image caption Suriyadan minglab qochqinlar Iroq Kurdistoniga sizib kirmoqda

BMTning qochqinlar bo‘yicha agentligining bildirishicha Suriyadan minglab qochqinlar Iroq Kurdistoniga sizib kirmoqda.

Shanba kunining o‘zida 10 mingga yaqin qochqin Peshkabur chegara nuqtasini kesib o‘tishgan. Payshanba kunidan beri Iroq Kurdistoniga o‘tgan qochqinlar soni 20 mingdan oshgan.

BMTning bildirishicha qochqinlar oqimining aniq sabablari noayondir.

Yakshanba kuni BMTning kimyo mutaxassislari Damashqqa ancha kechiktirilgan tekshiruvlar uchun yetib kelishgan.

Ikki hafta davomida bu guruh uchta mavzeni tekshirib chiqishi kerak.

Bular orasida mamlakat shimolida joylashgan Xon al-Assal shahri xam bor. Bu shaharda kimyoviy qurol qo‘llanganligi haqida shubhalar mavjud.

Qochqinlar masalasida esa Save the Children tashkiloti bularning yarmi bolalar ekanligini ta‘kidlagan.