Taniqli rossiyalik siyosiy tahlilchi Ajdar Kurtovga savol bering

Ajdar Ashirovich Kurtov 1958 yilda Moskva shahrida tug‘ilgan.

Bir necha oliy o‘quv yurtida tahsil olgan.

Dastlab Moskva Davlat Pedagogika institutining tarix fakultetini tugatgan.

Moskva Yuridik akademiyasida o‘qigan.

Moskva Davlat Universitetida ilmiy ish bilan shug‘ullangan.

So‘ng qator ilmiy-tadqiqot muassasalari va davlat idoralarida ishlagan.

Ajdar Kurtov 1994 yildan buyon Moskvada nashr qilinadigan "Problemy natsionalnoy strategii" - "Milliy strategiya muammolari" jurnalining Bosh muharriri hisoblanadi.

Bu jurnal Rossiya Strategik tadqiqotlar institutining jurnali.

Ajdar Kurtov o‘zining tadqiqot yo‘nalishi Rossiya tashqi siyosati, xalqaro aloqalar muammolari tahlili ekanini aytadi.

U o‘z tadqiqotlarida siyosiy Islom mavzusiga to‘xtalgan.

U Rossiyaning Markaziy Osiyo bilan aloqalariga bag‘ishlangan ko‘plab maqolalar va tahlillar muallifidir.

Ajdar Kurtovning so‘nggi suhbatlaridan biri CA-News web-saytida e‘lon qilindi.

Unda siyosiy tahlilchi, Tojikiston Qirg‘izistonda barpo etilayotgan GESlar bu mamlakatlardagi muammolarni hal qilmaydi, aksincha kuchaytiradi, deydi.

BBC mehmoni Ajdar Kurtovga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.