O‘zbekistondagi qirg‘izlarning ko‘chishi haqidagi xabar rad etildi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image caption Qirg‘izistonning o‘zida etnik tanglik hanuz saqlanib qolayotgani aytiladi

Qirg‘izistonda chop etiladigan "Vecherniy Bishkek" ro‘znomasi O‘zbekistonda yashaydigan etnik qirg‘izlar, ro‘znoma ta‘biricha, o‘zlarining tarixiy vatanlariga ko‘chib o‘tishda ko‘mak so‘rab, qirg‘iz hukumatiga murojaat etgani haqida yozgan.

Xabarda nomi tilga olinmagan o‘zbekistonlik qirg‘izlar vakilining amalda O‘zbekistonda 1 millionga yaqin qirg‘izlar istiqomat qilishi haqidagi so‘zlari keltiriladi.

Ro‘znoma qirg‘izlarni O‘zbekistondan ko‘chib ketishga nima majbur qilayotgani haqida hech narsa demagan.

2012 yil iyunidagi etnik zo‘ravonliklar ortidan Qirg‘iziston janubida yashovchi yuz minglab o‘zbeklar O‘zbekistonga qochib o‘tishgan, ammo keyinroq vatanlariga qaytishgandi.

BBC bilan suhbatda O‘zbekistondagi qirg‘iz milliy madaniy markazi rahbari Rahmatullo Jabborov qirg‘iz matbuotining xabarini rad etdi.