London ajoyibotlari: imtihondan pul topish

Image copyright BBC World Service
Image caption Haydash imtihonlari pul topishning oson yo‘li

Mashina haydash bo‘yicha imtihonlar qonuniy yo‘lda qonuniy mashina haydamoqchi bo‘lgan Britaniya yashovchilari uchun majburiyatdir, biroq bu imtihonlar tashkil topgan jinoyat guruhlari uchun pul topish yo‘liga ham aylanishi mumkin.

Imtihondan o‘tishga ko‘zi yetmagan ba‘zi insonlar, yo-da o‘zini urintirmay haydash huquqiga ega bo‘lmoqchilar imtihon tuzumini aldash yo‘lida yuzlab funt to‘lashga tayyordirlar.

Bular nafaqat amaliy imtihonini, balki nazariysini ham pul evaziga boshqalar bo‘yniga yuklashadi.

Bir g‘aroyib holatda 30 yoshlar chamasi Giyom De Vendrines degan odam 60 yashar nomzodning o‘rniga imtihon topshirar ekan, yuziga aktyorlar qo‘llaydigan niqobni kiygan.

Keyinchalik u qo‘lgan olinib o‘z aybiga iqror bo‘lgan va Kroydon mahkamasi tarafidan 1,500 funtlik jarima to‘lashga majburlangan.

Ba‘zi imtihonlar inglizchani bilmagan mushtariylar tarafidan o‘z tillarida topshirilganida, tarjimonlar ham pul ishlash uchun imtihon javoblarini o‘zlari to‘qib-chatib berishadi.

Haydash Standartlari Agentligi bu hollarni jiddiy o‘rganib hozirgi kunda 30 maxsus tergovchi yollagan.

Bularning ma‘lumotlariga qaraganda nazariy imtihonni kimdir topshirib berishi uchun ba‘zilar 800 funtgacha, amaliy haydash imtihonidan o‘tib berish uchun esa 1600 funtgacha to‘lashar ekan.

Tashkil topgan jinoiy guruhlar buni oson pul topish sifatida ko‘rib, toki ushlanguncha 200dan 500ga qadar sinovlardan o‘tib berishar ekan.