Moskvadagi muhojirlar jamlog‘i yopildi

Image copyright RIA Novosti
Image caption Jamloqda 100 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi ushlab turilgandi

"Interfaks" axborot agentligining Rossiya Ichki ishlar vazirligiga iqtibosan xabar berishicha, Moskva sharqidagi Golyanovo tumanida noqonuniy muhojirlar uchun barpo etilgan chodir jamloq berkitilgan.

"Golyanovodagi muhojirlar uchun muvaqqat shaharcha yopildi, u yerda ushlab turilgan fuqarolarning bir qismi deportatsiya etildi, qolgan 234 inson xorijiy fuqarolarni ushlab turish markaziga o‘tkazildi", - deb aytgan Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

2 avgust kuni Golyanovo rayonida tashkil etilgan maxsus jamloqda 600 dan ziyod muhojirlar sud hukmini kutishayotgan edi.

Ular Vetnam, Misr, Marokash, Suriya, Ozarbayjon, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolaridir.

Ayni jamloqni barpo etishi ortidan Rossiya xalqaro hamjamiyat tanqidlariga ro‘baro‘ bo‘lgandi.