Wikileaksga ma‘lumot bergan Bredli Menning 35 yilga qamaldi

Image copyright Reuters
Image caption Mening o‘zi bergan ma‘lumotlar biror-bir zarar yetkazishi haqida o‘ylamaganini aytgan

Amerika armiyasi askari Bredli Menning Wikileaksga harbiy harakatlar haqida yuz minglab hisobotlarni berganlikda aybdor deb topildi.

Merilend shtati Fort-Mid harbiy mahkamasi Bredli Menningni 35 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi.

Hakam askar panjara ortida o‘tkazgan vaqtini hisoblab chiqqan. Prokuror Meningga 60 yil turma jazosi berishni so‘ragan edi.

O‘tgan haftada mahkama tinglovida Mening birinchi bor Amerika xalqi va Qo‘shma Shtatlarga ziyon yetkazganligi uchun afsuslanishini aytib, kechirim so‘radi.

Meningga ko‘ra, xabar berayotgan paytda o‘zining ma‘lumotlari biror-bir zarar yetkazishi haqida o‘ylab ko‘rmagan.