Obid Asomov: "Xudo haqqi, blatnoy nomerga pul to‘lamaganman!"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image copyright mytashkent.uz

OLAM.uz web sahifasi shu kunlarda internetdan foydalanuvchilar orasida O‘zbekistonda puldorlar orasida keng tarqalgan blatnoy nomerlar mavzusida so‘rov o‘tkazgan. So‘rovda "Mashinalarga taqiladigan bu kabi chiroyli nomerlar rasmiy tarzda kimoshdi savdosida sotilishi kerakmi?" degan savol so‘raladi.

So‘rovda 1200dan oshiq odam qatnashgan va 80 foizga yaqini bu savdo qonuniy bo‘lishi kerak, deb javob berganlar.

O‘zbekistonda bu kabi, oddiy ko‘cha tili bilan aytganda, blatnoy yo krutoy nomerlar mashina egasining naqadar ahamiyatli shaxs ekani va boyligidan darak beradi, va ularni olishga ancha katta pul sarflanishi mumkin.

"Blatnoy" nomerlarning narxi qancha? Tanish-bilishchilik kerakmi? Bu noqonuniy savdo qonuniylashsa, poraxo‘rlikning oldi olinadimi?

BBC ayni mavzuda taniqli askiyachi, katta obro‘ga ega san‘atkor Obid Asomov va sobiq militsioner "Baxtiyor" bilan suhbatlashdi. Suhbatni Ibrat Safo olib bordi.