Yusuf Gallardo Islomga qanday o‘tdi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida 50 milliondan ortiq ispanlar istiqomat qiladi.

Bugungi kunda ular mamlakatdagi eng ko‘p sonli milliy ozchilik hisoblanadi.

Katolik oilalarida voyaga yetgan ispanlarning bir qanchasi Islom dinini qabul qilmoqda.

AQShdagi aholi so‘rovida diniy e‘tiqod borasidagi ma‘lumot to‘planmaydi.

Shu bois Islom diniga o‘tgan ispanlarning aniq soni ma‘lum emas.

Biroq Lotin amerikalik musulmonlarning soni 100 ming bilan 200 ming nafar atrofida deb ko‘riladi.

BBC muxbiri Keti Uotson aholisining 80 foizi ispanlarni tashkil qiladigan Nyu-Jersi shtatining Yunion Siti shahrida bo‘lib, yangi musulmonlar bilan uchrashgan.