Gulnora Karimova bildirgan fikrlar qanday ta‘sir kuchiga ega?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi
Image caption Gulnoraning mehnat muhojirlari va tadbirkorlar haqidagi fikrlari Chirchiqda yosh jurnalistlar bilan uchrashuvi chog‘ida yangragan (Surat kun.uz web sahifasidan olindi)

Prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova payshanba kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yosh jurnalistlar bilan uchrashuvchi chog‘ida, O‘zbekistonda halol yo‘l bilan biznes yuritish juda qiyinligini aytgan.

Yosh jurnalistlarning "Kelajak ovozi" media lagerida bergan matbuot anjumanida Karimova xonim hukumat tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qarorlar qabul qilinayotgani, ammo ular ostida qabul qilinayotgan qo‘shimcha hujjatlar ko‘zda tutilgan maqsadlarni yo‘qqa chiqarayotganini bildirgan.

Gulnora Karimova, shuningdek, xorijda o‘zbek mehnat muhojirlarini ko‘rish u uchun "og‘riq"li ekanini aytgan.

"Men uchun bu – og‘riq. Chunki [xorijda] qaysidir muassasadan chiqayotganingda, [o‘z vatandoshlaringni] ko‘rib: "U bu yerda emas, u yerda ishlasa ham bo‘lardi-ku", – deb o‘ylaysan", - deb aytgan Gulnora Karimova.

Chirchiqda yosh jurnalistlar bilan bo‘lgan uchrashuvi chog‘ida Gulnora Karimova bildirgan fikrlar otasi Prezident Islom Karimov olib borayotgan siyosatni savol ostiga oladi.

Hukumat nazoratidagi mahalliy matbuot O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun davlat tomonidan barcha shart-sharoit muhayyo qilinganini ta‘kidlab keladi, mehnat muhojirlarini esa Prezident Karimov "dangasalar", deb atagandi.

Xo‘sh, Gulnora Karimova bildirgan fikrlar qanday ta‘sir kuchiga ega?

BBC bu va boshqa savollar bilan tahlilchilar - Frantsiyadan Kamoliddin Rabbimov va Qo‘shma Shtatlardan Suhrob Ismoilovni davra suhbatiga tortdi.

Suhbatni Kamoliddin Rabbimov boshlab berdi.