Suriyadagi "kimyoviy hujum"ga oid video tahlil qilinmoqda

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Tasvirlar ko‘ngilni xira qilishi mumkin!

Rossiya Suriya hukumatini kimyoviy hujum borasidagi da‘volarni tekshirishga ruxsat berishga undamoqda.

Ayni paytda BMTning yuqori mulozimi ham Bashar al-Assad hukumatidan Damashqda sodir etilgani aytilayotgan hujumni o‘rganishga izn so‘rash uchun Suriyaga kelgan.

Anjela Key tinch fuqarolarga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llangani rostligini aniqlashi lozim bo‘ladi.

BMTga ko‘ra, ushbu hodisani insoniyatga qarshi jinoyat deya baholash kerak.

Ko‘pgina siyosatchilar ta‘kidlashicha, Suriya hukumati o‘z fuqarolariga nisbatan kimyoviy qurol ishlatgani tasdiqlansa, xalqaro aralashuvga sabab bo‘lishi mumkin.

Qo‘shma Shtatlar ham hali chorshanba kuni Damashqning chekka hududlarida kimyoviy qurollar qo‘llanganmi yo‘qligi borasida so‘nggi xulosasini bergani yo‘q.

Ammo, Suriyadagi kimyoviy hujumlar aks etgani da‘vo qilinayotgan qo‘lbola videotasvirlarni tomosha qilgan mutaxassislarga ko‘ra, videoyozuvlarni haqiqatdan yiroq deb bo‘lmaydi.

Bridjit Kendall lavhasi ana shu haqda.