Afg‘onistonda hukumat loyihasida ishlagan 12 kishi o‘ldirib ketildi

Afg‘oniston rasmiylariga ko‘ra, Tolibon jangarilari 12 kishini, jumladan, hukumat loyihalaridan birida faoliyat qilgan 6 ishchini o‘ldirgan.

Milliy Birdamlik Dasturi 6 xodimi g‘arbiy Hirot viloyati Gulran ulusvorligida yakshanba kuni kechda noma‘lum qurollilar tarafidan o‘g‘irlab ketilgandi.

Qutqarish amaliyotlari natija bermagan, aksincha, boshlaridan otilgan ishchilarning jasadlari topilgan.

Tolibon ayni amal mas‘uliyatini zimmasiga olgan.

Pokistonga davlat safarini yakunlab qaytgan Afg‘oniston Prezidenti Homid Karzay qotillikni qattiq qoralagan.

Milliy Birdamlik Dasturi Afg‘oniston qishloqlarni rivojlantirishga qaratilgan loyiha bo‘lib, xodimlar Gulran tumaniga ayni ish yuzasidan borishgani aytiladi.

Mamlakat sharqidagi Paktiya viloyatida yana 6 haydovchi o‘ldirib ketilgan.

Mahalliy rasmiylar bu hodisada ham Tolibonni ayblashgan.

2014 yil NATO qo‘shinlarini olib chiqib ketishga hozirlanarkan, hukumat idoralari va loyihalarida ishlovchi odamlarga qarshi hujumlar ko‘paygan.