Qirg‘izistonlik o‘smir o‘latdan vafot etgan

Image copyright Storyscape
Image caption Mutaxassislarga ko‘ra, o‘smir bola o‘lat tarqatuvchi burga chaqqanidan o‘lgan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinyapti

Qirg‘iziston shimolida o‘tgan hafta vafot etgan 15 yoshli o‘smirning o‘latdan ko‘z yumgani jasadni yorib ko‘rilganidan so‘ng ma‘lum bo‘lgan.

Shu paytgacha u o‘lat bo‘lgani taxmin qilinayotgan edi.

Tog‘li Sari Jazda dam olayotgan o‘smir bola shashlik yeb bu kasallikka chalingan.

U yuqori harorat va terisida toshmalar paydo bo‘lishi bilan shifoxonaga tushgan.

Lekin dastlabki tibbiy qon tekshiruvlarida o‘lat aniqlanmagan, jasadni yorib ko‘rilgandagina bu taxmin tasdiqlangan.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi tumanda epidemiyaga qarshi shoshilinch choralarni boshlagan.

Shifokorlar ulatdan vafot etgan bolakay bilan aloqa kilgan Oq Su yashovchilarini emlay boshlagan.

Shu kunga kadar marhum yashagan Ichke-Jergez qishlog‘ida istiqomat kilgan ikki mingdan ko‘proq aholidan deyarli uchdan biri tekshirilgan va mahalliy hududda ommaviy emlash tadbiri o‘tkazilmokda.

Xabarlarga ko‘ra, mahalliy aholi kasal yumronqoziqning go‘shtidan shashlik tayyorlagan.

Ayni paytda yana 90 kishi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilayotgani xabar qilinadi.

Mutaxassislarning atishicha, bu Qirg‘izistonda so‘nggi 30 yildagi birinchi o‘lat yuqtirishi holatidir.

Qora o‘lim nomini olgan o‘lat 14 asrda 10 millionlab kishining o‘limiga sabab bo‘lgani aytiladi.

Juda yuqumli bo‘lgani sabab o‘latga chalinganlarning 95 foizi xayotdan ko‘z yumadi.

Xo‘sh, ushbu kasallik qanday paydo bo‘ladi? Suhbatdoshimiz Qirg‘iziston Sog‘likni Saqlash vazirligi qoshidagi sanitariya bo‘limi rahbari Tolo Isoqov.

Tolo Isoqov: Insonda O‘lat kasalligi uch xil bo‘ladi. Bular orasiga o‘pka o‘lati, bez o‘lati va ter o‘latlari kiradi. Mazkur hodisada bez o‘lati ro‘y bergan. Bu yuqumli kasallik o‘pka o‘latidan farqli o‘laroq kamroq xavfli deb sanaladi. O‘pka o‘latida kasallik zudlik bilan tarqalib ketishi mumkin. Bubon o‘lati bilan bog‘liq hodisada kasallik yopiq tarzda o‘tgan. Ya‘ni uning zararligi faqat ikki xolatda ro‘y berishi mumkin, agar bu kabi o‘lat bilan og‘rigan odamning jarohati yorib ochilsa yoki u kasal bilan yaqin aloqada bo‘lganlar aniqlansa.

BBC: Aytingchi, o‘lgan o‘smir bilan aloqada bo‘lganlarni kasallikdan himoya qilish uchun sizlar qanday chora tadbirlarni ko‘rayapsizlar, bu holatni ihotalash uchun?

Tolo Isoqov: Ayni holatda tibbiyot xodimlari tomonidan barcha dezinfektsion choralar o‘tkazilmoqda. Shoshilinch chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Marhum o‘smir Aqsu tumanida mol boqqan, o‘z ota-onasinikiga mexmonga borgan edi. Bu esa o‘troq joylaridan uzoq joylashgan. Bu joy kasallikning uxlab turgan tabiiy manbasi bo‘lgani sabab, u yerda juda ko‘p kemiruvchi xayvolar ya‘ni yumronqoziqlar tarqalgan. Biz olib borgan tekshiruvlarga ko‘ra, bu bolaning yumronqoziqlar bilan kontaktlari bo‘lmagan, ularni tutib yurmagan va terisini shilmaganga o‘xshaydi. Biroq bizning taxminlarimizga ko‘ra, kemiruvchi xayvonchalarning terisida bo‘ladigan burgalar vositasida bu bolaga kasallik o‘tgan. Bu xasharotlar o‘latning tarqatuvchilaridir. Mazkur o‘smir burga chaqqanidan o‘lgan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilayapmiz. U bilan yaqin aloqada bo‘lgan ota-onasi, o‘rtoqlari va uni boshida davolagan tibbiyot xodimlari xozirda ihotalangan va ularga antibiotik berilmoqda. Ularning soni 105ta bo‘lib, lekin ularga bu kasalik yuqmaganini ta‘kidlamoqchiman.

BBC: Bu yuqumli kasallik bilan qanday kurashish mumkin? Bu kasallik anchadan oldin bartaraf etilgan, nima uchun xozirda ham ayrim xolatlarda bu kasallik chiqib turadi?

Tolo Isoqov: Ha, bu kasallik uzoq vaqtdan beri bartaraf etilgan, lekin shunga qaramay, epidemiyaning birdan avj olishi xolatlari saqlanib turadi. Agar esingizda bo‘lsa, Ovrupo davlatlarida, hattoki Markaziy Osiyoda ham bu kasallikka chalinish oqibatida bir necha oy ichida 50 millionga yaqin inson nobud bo‘lardi. Biz xozir yagona holatlar haqida gapiryapmiz. Bunday holatlar Ovrupo mamalkatlarida ham uchrab turadi. O‘tgan yili Olma Otada ham o‘lat kasalligi yuz bergani borasida eshitganmiz. Qirg‘izistonda so‘nggi holat 1981 yilda ruyixatga olingandi, unda ovchilik qilib yurgan kishi bu kasallikka chalinib, o‘lish holati yuz bergan. O‘shandan beri bu ikkinchi holat.