Xitoyda yosh bolaning ko‘zini kim o‘yib oldi?

Image copyright AFP

Xitoy politsiyasi olti yoshli bolaga hujum qilib, ikki ko‘zini o‘yib olgan shaxs haqida ma‘lumot berganlar uchun mukofot e‘lon qildi.

Bu haqda davlat matbuoti xabar bergan.

Aytilishicha, hodisa 24 avgust kuni Shanksi viloyatida ro‘y bergan.

Ko‘chaga o‘ynashga chiqib ketgan bolani ota-onasi bir necha soatdan so‘ng ikki ko‘zi o‘yib olingan holda topgan.

Hozirda bolakay shifoxonaga yotqizilib, da‘volanayotgani xabar berilgan. Politsiya unga hujum qilganlar haqida ma‘lumot yetkazganlar uchun 16 ming dollardan ko‘proq mukofot puli e‘lon qildi.

Bolaning ota-onasi mahalliy fermerlardir.

Bolaning onasiga aytishicha, ko‘chada ketayotgan vaqti bir ayol unga tashlangan.

Matbuotning xabar qilishicha, bolaning ko‘zini hodisa yuz bergan yerda topishgan. Lekin ba‘zi qismlari yo‘q bo‘lgan.

Taxmin qilinishicha, hujum inson organlari trafikingi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ammo politsiya bolaning topilgan ko‘zi to‘liq bo‘lganligini aytgan.

Politsiya rasmiysining Associated Press xabar agentligiga aytishicha, hujumchini topish uchun qo‘llaridan kelgan barcha choralarni ishga solganlar.