Suriya inqirozi: Ehtimoliy nishonlar

Vashington va Londondan berilayotgan barcha belgilar Suriyaga qarshi harbiy amaliyotlar katta ehtimolga aylanganini ko‘rsatadi.

Favqulodda rejalar ishlab chiqilib, ehtimoliy nishonlar ro‘yxati ko‘zdan kechirilmoqda va harbiy uskunalar kerakli holatga keltirilmoqda.

Qo‘shma Shtatlar Harbiy Dengiz Xizmati O‘rta yer dengizi sharqidagi qator harbiy kemalari pozitsiyalarini o‘zgartirmoqda.

Britaniyaning Trafalgar toifali suv osti kemasi ham hujum boshlash uchun ehtimoldagi platformadir.

Qo‘shimcha o‘t ochish lozim bo‘lsa, AQShning qiruvchi uchoq tashuvchi vositalari havo hujumlarini amalga oshirishlari va Turkiya hamda Qibrisdagi bazalarga qo‘nishlari mumkin.

Frantsiya havo kuchlarining ham harbiy amaliyotlarda ishtiroki nazardan soqit qilinmagan.

Nishonlar tuzumga yaqin harbiy nuqtalar, jumladan, elita qurolli kuchlari qarorgohlarini o‘z ichiga olishi mumkin.

Image copyright BBC World Service
Image caption Ehtimoliy nishonlar