Birmada musulmonlar nima uchun qo‘rquvda yashamoqdalar?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Bu hafta sobiqan Birma deya yuritilgan Myanmar yana diniy to‘qnashuvlarga sahna bo‘ldi.

Mamlakat shimolidagi Zagin shahrida musulmonlarga tegishli qator uylar va do‘konlarga o‘t qo‘yildi.

Bu kabi hujumlar Myanmarda tez-tez ro‘y bermoqda.

Oxirgi bir yil mobaynida 200 ga yaqin kishi, ulardan aksari musulmonlar halok bo‘lishdi.

100 mingdan ortiq aholi uy-joylaridan qochib chiqishga majbur bo‘lganlar.

Ushbu zo‘ravonliklarni keltirib chiqarishda qisman buddaviy ruhnoiy Viratu va uning ashaddiy millatchi harakatini mas‘ul ko‘rmoqdalar.

BBC muxbiri Jonah Fisher ruhoniy bilan suhbatlashib, savolga tutdi.