Mazori Sharifda jamoat trasporti nega xizmat ko‘rsatmaydi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Afg‘oniston shimolidagi Mazori Sharif shahrida jamoat transporti xizmat ko‘rsatmasligi aholi shikoyatlariga sabab bo‘lgan.

Shahar kengayib borar ekan, jamoat transportiga ehtiyoj ham o‘sgan.

Ammo, aholiga xizmat ko‘rsatadigan avtobuslar va yo boshqa turdagi jamoat transport vositalari yo‘qligi odamlarni taksi xizmatidan foydalanishga majburlashi, cho‘ntagi ko‘tarmaydiganlar esa, oyoqda qolganlari aytiladi.

Mavjud iqtisodiy qiyinchiliklar manzarasida mazkur holat "dard ustiga chipqon" sifatida izohlanadi.

Mazori Sharifdagi hamkorimiz Hayot Shaybon shaharda jamoat avtobuslarining yo‘qligidan kimlar ko‘proq aziyat chekayotgani va muammo ortidagi sabablarni o‘rganishga harakat qilgan.