Sulton Sulaymonning yuragi qayerda?

  • 2 Sentyabr 2013
Image copyright BBC World Service

Shu oy oxirida bir guruh venger tadqiqotchilari Usmonli Turkning eng taniqli sultonlaridan birining yotgan manzili qayerdaligi haqida hisobot e‘lon qilishadi.

Lekin bu nima uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan tarixiy vazifaga aylandi?

Frantsuz davlat mulozimi kardinal Rishele bundan 447 yil oldingi Sziget venger qal‘asi uchun qamalni "Tsivilizatsiyani qutqargan jang" deb atadi.

Musulmon turklar nihoyat 1566 yil sentyabr oyida shaharni katta talofotlar evaziga ishg‘ol qilishdi, sardorlari sulton Sulaymon Bahodir halok bo‘ldi, natijada 120 yil davomida turklar Mojorga tahdid solisholmadi.

Hozir tadqiqotchilar sulton Sulaymonning yuragi haqida arxivlarni titkilashmoqda.

"Vengerlar Szigetvar maydonidan o‘tar ekanlar, ular venger qal‘asi uzra borayotgandek o‘zlarini tasavvur qilishadi. Lekin albatta, bunday emas", deydi Peks shahri universiteti jug‘rofiya professori Norbert Pap, biz qayta ta‘mirlangan ajoyib g‘ishtin villalar oralab borar ekanmiz.

"Bu aslida Turk qal‘asi", jilmayadi u. Venger qal‘asi 1566 jangida vayron qilingan".

Zselik hududini o‘rab olgan tepaliklar kabi, ishg‘ol etish tarixi ham har bir o‘zgartiruvchi tomonidan o‘zgartirilib, boshqacha talqini taqdim etilgan.

Afsonani yuza tomondan tadqiq etish oson

Sulton Sulaymon bu yerga 1566 yil avgustda 100 mingga yaqin usmonli qo‘shinlari bilan kirib keladi.

Qal‘a u ishg‘ol qilishga ishonch bilan borayotgan Vena yo‘lida edi. Bu Sultonning G‘arbiy Ovro‘poga o‘z ta‘sirini yoyishi uchun katta o‘lja hisoblanardi.

O‘sha paytni eslatuvchi urush barabanlarini hozir ham benihoya chiroyli Edirna shahridan topsa bo‘ladi. Men bir kuni o‘g‘lim uchun xarid qilgandim.

Qal‘a kapitani bahodir Miklosha Zrini va uning atigi 2300 jangchidan tashkil topgan garnizoni turklar bilan jangda yengiladi.

Zrinining o‘zi yonayotgan qal‘adan chiqayotganda halok bo‘ladi.

Sulaymon esa ko‘pchilik tarixchilarning fikricha, g‘alabasidan hayajonlanib o‘z chodirida vafot etadi. U o‘shanda 72 yoshda bo‘lib, vengerlar bilan 40 yil davomida jang qilgan.

Sultonning jasadini Konstantinopolga olib ketishadi, lekin uning yuragi shu yerga shahardan sharqdagi Turbeki yoki - Bokira Mariya sharafiga atalgan katolik cherkoviga dafn qilinadi.

Lekin bu faqat afsona, tushuntiradi professor Pap. Yodgorlik taxtasi u yerga 1916 yil mahalliy ruhoniy tomonidan siyosiy sabablar bilan o‘rnatilgan.

Shu bilan birga Vengriya yoki Avstro-Vengriya imperiyasi Usmonli Turkning hamkori bo‘lgan. Ikki qadimiy davlat Birinchi Jahon Urushi girdobida parchalanib ketish xavfiga duch kelgach, abadiy do‘stlik timsolini bog‘lashga ehtiyoj sezadi.

Endi professor Pap siyosiy vajlar tufayli ham sulton Sulaymon yuragining ko‘milgan haqiqiy joyi qayerdaligini topish kerak bo‘ladi.

Sulton Sulaymon yuragi qayerda?

Sulton SulaymonI 1494 yil tavallud topib, 1566 yil vafot etgan.

U Buyuk yoxud Qonunbardor nomlari bilan mashhur bo‘lib, u tuzgan qonun kodeksi orqali oxirgi yuz yillarda o‘sha paytlarda eng qudratli harbiy va madaniy davlat bo‘lgan Usmonli imperiyasi boshqarilgan.

U vafot etgach buyuk imperiya Shimoliy Afrika, Bolqon va zamonaviy Vengriyaga bo‘linib ketadi.

Ikki bosh vazir munosabatlari yaxshi. Vengriyaga keluvchi turk sayyohlari o‘tgan yilda 45 foizgacha ko‘tarilgan.

Lekin bu chekka shaharda faqat 500 kishi uxlash joyi mavjud, qachonki bir paytlar chodirlarda o‘n minglab kishilar tunab, jangga tayyorlangan yerda.

Rejada bir yoki ikki besh yulduzli mehmonxona qurish, qal‘ani va Usmonli Turk imperiyasi davri yodgorliklarini qayta ta‘mirlash turibdi.

Lekin hamma sulton Sulaymonning yuragi qayerdaligini bilishga ishtiyoqmand.

Bunda bir qancha farazlar ilgari suriladi.

Birinchisi hatto 1689 yil uning dafn qilingan joyi sifatida aytiladi.

Ancha keng ma‘lumotlar Vatikan, Budapesht va Istanbuldagi arxivlarda bor.

Prof Papanikolau va uning tadqiqotchilar guruhining natijalari 20 sentyabrda e‘lon qilinadi.

Pap Prof saytida shunday so‘zlarni o‘qish mumkin.

"Bu nafaqat Sulaymon yuragi haqida, balki oxirgi 400 yildagi tarix va jug‘rofiya qatlamlarini qayta tiklash- biz o‘zimiz uchun allaqachon ko‘p narsalarni ochdik", deyiladi unda.

Turk seriallarining ommalashuvi

Turkiyada bundan oldingi oylarda qamragan namoyishlar payti Taksim xiyobonida qalin soqolli kishi jurnalistlar bilan gaplashadi. Keyinroq u namoyishchilar va hukumat o‘rtasida vositachi bo‘lish umidida Turkiya Bosh vaziri bilan uchrashadi.

Bu inson Xolid O‘rgench bo‘lib, uning dunyoga tanilishida Sulton rolining ma‘lum xizmati bor.

Undagi soqol ham shu sababli. "Muhtasham yuz yil" turk seriali jahonning o‘nlab mamlakatlariga sotilgan.

Ma‘lumotlar xaritasi odamni chalg‘itadi. Gabsburglar 1689 yil qal‘ani egallaganlarida nomuntazam serb qo‘shinlari bu yerdagi qolgan musulmonlarni haydaganlar.

Olmon katoliklari bu yerga 18 asrda kelib o‘rnashganlar.

Hatto landshaft o‘zgargan. Kichik muzlik yoshi turk ishg‘oli bilan to‘g‘ri keladi, deydi prof Pap.

Hozirgi Almasi irmog‘i o‘sha paytda sharqirab oqadigan daryo bo‘lgan.

Sziget venger tilida "orol" degani, botqoqlikdan ko‘tarilgan daryo ma‘nosida.

Turk-venger do‘stligi bog‘ida bir paytlar Sulton Sulaymon armiyasi lageri bo‘lgan.

Bu yerda ham Sulaymonning ramziy qabri har doim tirik gullarga to‘la, deydi professor Papanikolau. Bronza yosh qo‘rg‘oni ham mahalliy aholi tomonidan yanglish "turk qabristoni" deyishga o‘rganilgan.

Shahar hokimi Yanosh Kolovik laptopini ochib, rassomning shahar masjidi oldida quriladigan yangi markaz haqidagi ta‘surotlari aks etgan lavhalarni ko‘rsatadi. Etovenger dizayni turklarga yoqmaydi, deydi u o‘ylanib.

"Prof Pap bilan men masjid poyiga tiz cho‘kib qutichada Xudoni aks ettirgan graffitisini o‘rganishga harakat qilamiz.

Qayerdadir bizning poyimiz tagida, quruq venger yerida Sulaymonning yuragi qattiqroq uradigandek bo‘ladi".