Kent grafligida 100dan ortiq mashina bir-biriga urilgan

Image copyright Jamie Mett
Image caption Bu hodisa A249 yo‘lida qattiq tuman payti Shippi (Sheppey) ko‘prigida yuz bergan

Angliyaning Kent grafligida 100dan ortiq mashina bir-biriga urilishi oqibatida 200dan ortiq odam jarohatlangan.

Bu hodisa A249 yo‘lida qattiq tuman payti Shippi (Sheppey) ko‘prigida yuz bergan.

Guvohlardan birining aytishicha ko‘rinish masofasi o‘ta yomon bo‘lgan, haydovchilar esa ko‘prikka chiroqlarsiz yaqinlashayotgan bo‘lishgan.

"10 minut davomida mashinalarning biri biriga urilishi, insonlarning hayqiriqlari, yuk mashinalarining ag‘darilishi guvohi bo‘ldik", - deydi u.

"Men va o‘g‘lim yugurib boshqa haydovchilarni ogohlantirmoqchi bo‘ldik. Keyinroq bir ayol kelib: Rahmat, umrimni saqlab qoldingiz! - deb aytdi", - degan bu guvoh.

Politsiyaning bildirishicha jarohatlanganlar soni ancha bo‘lgani bilan biron kishi o‘lmagan.

Biroq ba‘zi haydovchilar hali ham mashinalari ichida, ularning jarohatlari jiddiy bo‘lishi mumkin, degan politsiya vakili.