Walkie-Talkie osmono‘pari: mashina erigach ekranlar qo‘yilmoqda

Image copyright AP
Image caption Walkie-Talkie осмонўпари: машина эригач экранлар қўйилмоқда

Londonning yangi osmono‘par binolaridan biri "Walkie-Talkie" quyosh nurini aks etttirib, ostida turgan "Yaguar" mashinasining ba‘zi qismlarini eritib yuborgani haqida xabar bergan edik.

Martin Lindsey degan shahs o‘zining muhtasham avtoulovini o‘tgan payshanba kuni London Sitisining Istchip ko‘chasida qoldirib ketgach, ikki soat ichida bu mashinaning yon ko‘zgusi hamda boshqa qismlari erib ketgan edi.

37 qavatli bu bino egalari undan kechirim so‘rab, ta‘mir pulini o‘tashlarini bildirishgach, maxsus ekranlar atrofdagi do‘konu idoralar oynalarning o‘ngiga o‘rnatilgan.

Mashina erib ketganidan so‘ng bir do‘konda yuz bergan yong‘inning sabablari ham Walkie-Talkie binosining shisha sathiga to‘nkalgan edi.

Osmono‘par yonidagi sartaroshxona egasining aytishicha Walkie-Talkiedan tushgan quyosh aksi sartaroshxona eshigi ostiga tushalgan namatchani kuydirib, undan tutun chiqa boshlagan.

Bu mavzedagi bir kafeda esa plitka birdaniga chars etib yorilib ketgan va devordagi bo‘yoq uqalana boshlagan.

Ma‘lum bo‘lishicha osmono‘par binoning egri shakldagi oynalari zarrabin kabi quyosh nurlarini kuchaytirib aks ettirganidan bu muammolar kelib chiqqan.

Endilikda bu muammolarga uzoq muddatli yechim topish uchun ish oborilmoqda.