Londonning ikki universiteti birinchi o‘nlikda

Image copyright
Image caption Londonning UCL universiteti birinchi o‘nlikda

Dunyoning 27 ming ish beruvchi idorasi so‘roviga binoan Londonning ikki universiteti UCL (University College London) va Imperial jahon universitetlarining birinchi o‘nligidan joy olishgan.

UCL universiteti bu jadvalda to‘rtinchi, Imperial universiteti esa beshinchi o‘rinni egallashgan.

Ro‘yxatni AQShning Massachusets Texnologiya instituti boshqargan.

Ikkinchi o‘rinda AQShning Harvard universiteti.

O‘tgan yili birinchi o‘rinni egallagan Britaniyaning Kembridj universiteti bu yil uchinchi o‘ringa tushgan.

Uning asrlar davomidagi raqibi Oksford oltinchi o‘rinda.

Umuman olganda, ro‘yxat AQSh universitetlari ustivorligini ko‘rsatadi.

Britaniya oliy o‘quv dargohlariga kelganda birinchi ellikta dorilfunun orasida sakkiztasi Britaniya universitetlaridir, yuzlikda esa 18 Britan universitetlari qayd etilgan.

Birinchi o‘nlik quyidagi ko‘rinishda:

1. Massachusets Texnologiya Instituti

2. Harvard

3. Kembridj

4. London Kollej universiteti

5. Imperial

6. Oksford

7. Stenford

8. Yyeyl

9. Chikago

10. Kaliforniya Texnologiya universiteti