London ajoyibotlari: 2020 yili ko‘chalarning yarmi "ekologik mo‘ljallarga yetishmaydi"

  • 11 Sentyabr 2013
Image copyright Science Photo Library
Image caption 2020 yili ko‘chalarning yarmi "ekologik mo‘ljallarga yetishmaydi"

London Yashil partiyasining bildirishicha 2020 yili London ko‘chalarining yarmi "ekologik mo‘ljallarga yetishmaydi".

London Yashil partiyasi rahbari Djenni Djonsning so‘zlariga ko‘ra 2020 yilga borib London ko‘cha tarmoqining 45 foizi noqonuniy va ziyon yetkazuvchi darajada nitrogen dioksidi bilan bulg‘angan bo‘ladi.

Uning ta‘kidlashicha bu raqamlar 2010 yili shahar meri tarafidan mo‘ljallangan Havo Sifati Strategiyasini modellashtirish ketidan ayon bo‘lgan.

Biroq mer yo shahar hokimi idorasi NO2 moddasining darajasi Boris Djonsonning shahar hokimiyatiga 2008 yili kelganidan beri 20 foiz kamaygan deb bildirgan.

Ovro‘po Ittifoqining havo sifati qoidalari bo‘yicha kundalik havo bulg‘anishining haddan tashqari darajasi bir yil ichida 35 kundan ortiq bo‘lishi kerak emas.

Bu qoidani buzgan shaharlar katta jarima to‘lashlari lozim.

Mer idorasining bildirishicha: "Hali bu sohada qilinadigan ishlar talaygina, shuning uchun ham shahar hokimi endigina bu ishlarga 5.4 million funt mablag‘ ajratgan. U ayni paytda 20 million funtlik Havo Sifati Jamg‘armasini tuzib, havo bulg‘anishi muammosini hal etishga bel bog‘lagan".