Golland sayyohlari Farg‘onada nimani kashf qilishdi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Syord Klumpenar (Sjoerd Klumpenaar) 23 yoshda, u 2011 yilda Amsterdam universitetida jurnalizm sohasida saboq chiqardi.

Asosan multimediya jurnalisti o‘laroq xalqaro voqealar, tarix va siyosatga qiziqadi.

Syord Daniya, Gana, Belgiya va Qatarda bo‘lib qator maqolalar yozgan.

Niderlandiya radio-televizion shirkatining Nyu-Yorkdagi byurosida kasb amaliyotini o‘tagan.

Shu yil yozida Menjatj loyihasi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlariga safar qilgan.

Ayni loyiha Sho‘ro davlatlarida 1991 yildan keyingi o‘zgarishlarni o‘rganadi.

Uning hamrohi Lindsey Kort (Lindsey Groot) esa 22 yoshda.

Niderlandiyalik jurnalist. U 2012 yilda jurnalizm fakultetini yakunlagan.

Hozir antropologiyani o‘rganmoqda. Lindsey ham xorijiy jurnalistikaga qiziqadi.

Gana, Qatar, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Fransada xabarchilik safarida bo‘lgan.

The New York Times internet xabarchiligi loyihasida ishtirok etgan.

Shu yil yozida Menjatj (www.menjatj.nl ) loyihasi bilan Syord Klumpenar bilan birga Markaziy Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekistonga safar qilgan.

O‘zbekiston haqidagi videokundaliklarining navbatdagisida jurnalistlar Farg‘ona shahriga sayohatlaridan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashishadi.