London ajoyibotlari: o‘qituvchi sinf xonasida tuqqan

Image copyright Getty
Image caption Londonning sharqidagi Chigvell mavzesidagi Manford maktabida Diana Krish-Veyermani degan o‘qituvchi maktab sinflarining birida to‘lg‘oqqa uchrab, boshqa o‘qituvchilar yordamida bola tuqqan

Londonning sharqidagi Chigvell mavzesidagi Manford maktabida Diana Krish-Veyermani degan o‘qituvchi maktab sinflarining birida to‘lg‘oqqa uchrab, boshqa o‘qituvchilar yordamida bola tuqqan.

Bolaga Yona (Yunus) ismi qo‘yilgan.

Krish-Veyermani xonimning aytishicha: "Hamma menga ancha yordam berdi. Xayriyatki, erim ham maktabga tug‘ishimdan oldin yetib keldi".

Bu o‘qituvchi ishga ertalab kelib, majlislarda qatnashgan, keyin esa birdaniga to‘lg‘oq tutib u eriga SMS yuborgan.

Eri yetib kelsa, xotining uch hamkasabasi sinfning o‘zida tug‘ruqxona uyushtirib, bolani kutib olishgan.

Tug‘ish jarayoni oson va tez kechib, "Tez Yordam" yetib kelguncha 20 daqiqada tugagan.

"Biz endi Yona haqida hazillashib yuribmiz, - deb aytgan o‘qituvchilardan biri. - U maktabga kechroq keldi, chunki qo‘ng‘iroq yangrab bo‘lgan edi-da!"

Yona tug‘ilgan xona endi "Yona sinfxonasi" deb atalgan.