BMT: "Suriyada urush jinoyati sodir etilgan"

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Suriyada katta miqdorda kimyoviy qurollar ishlatilgani aniqlanganini aytgan.

Birlashgan Millatlar tekshiruv guruhining xolis va mustaqil guruhi omon qolganlar, shifokor va shohidlar ko‘rsatmalariga tayanib, atrofdagi ashyolar, tuproq hamda otilgan raketa qoldiqlarini o‘rganib, zaharli zarin gazi qo‘llanganini tasdiqlagan.

Bu Saddam Husayn 1988 yili Xalabchadagi kurdlarga qarshi qo‘llaganidan beri ilk bora dunyoda tinch aholiga qarshi katta miqdorda kimyoviy qurol ishlatilishidir.

BMT bosh kotibi kimyoviy qurolni aynan Bashar al-Assad hukumati qo‘llaganmi va yoki isyonkorlarmi - aniqlik kiritmadi. Biroq uni qo‘llash bilan Suriyada urush jinoyati sodir etilganini ta‘kidladi.