London ajoyibotlari: Britaniyada 100 dan oshgan 190 ta haydovchi bor

Image caption 100 yoshdan oshgan Peggi Xovell hali ham mashinani o‘zi boshqaradi

Haydovchilik guvohnomasiga ega 70 yoshdan katta britaniyaliklar soni 4 milliondan oshdi, deb xabar beradi Britaniya Qirollik avtomobil klubi.

Mamlakatdagi eng keksa haydovchining yoshi 107 dadir.

Qirollik klubi ma‘lumotlariga ko‘ra, 100 dan oshgan 191 britaniyalikda haydovchilik guvohnomasi bor.

Mashina boshqarishni davom ettirishni xohlagan keksa kishilar 70 dan oshgach, o‘z sog‘liqlari haqida ma‘lum qilishlari lozim.

Bunda ular biror bir imtihon topshirishlari yoki tibbiy test o‘tkazish talab qilinmaydi. Keksa kishilar imkoniyatlarini o‘zlari chamalab, fikr berishlari kerak bo‘ladi.

Hamma haydovchilar "o‘z ahvolini doimiy baholab borishi kerak", deydi qirollik fondi.

"Ba‘zi keksalarning ko‘rsatgan imkoniyatlari havas qilsa arzigulik, lekin tabiiyki "ha yoki yo‘q" tanlovi orasida qolgan kishi doim ham to‘g‘ri qaror beravermaydi", - deb aytadi fond rahbari, professor Stiven Glester.

Fond ma‘lumotlari bo‘yicha, Britaniyada 70 yoshdan oshgan odamlarning 4 million 18 ming 900 tasi haydovchilik guvohnomasiga ega.

Rica xayriya tadqiqot tashkiloti fond bilan hamkorlikda keksa haydovchilarga maslahat beruvchi "Bir umrga xavfsiz boshqarish" kitobini chiqargan.