Jahongashta jurnalist, Markaziy Osiyo bilimdoni Igor Rotarga savol bering

  • 23 Sentyabr 2013

Igor Rotar o‘zining Markaziy Osiyoga bag‘ishlangan maqolalari bilan tanilgan.

U diniy erkinliklarni himoya qilish tashkiloti - "Forum 18"ning muxbiri bo‘lganida mintaqa mamlakatlari bo‘ylab ko‘p safar qilganini aytadi.

Shuning uchun mintaqani yaqindan biladi.

"Qashshoqlik Markaziy Osiyo mamlakatlarini borgan sari o‘rta asrlarga qaytarayapti. Mahalliy qishloqlar faqat tabiiy xo‘jalik hisobiga kun ko‘rmoqda. Bu yerda yerni qadim zamonlardagidek omoch bilan haydashadi, donni esa tegirmonda maydalashadi", deb yozadi 2011 yilgi o‘zining maqolasida Igor Rotar.

U O‘zbekistondagi musulmonlarning ahvolini yoritgan maqolalari tufayli mushkulliklarga duch kelgan.

Igor Rotar Shinjon Uyg‘uristoniga ham ko‘p marta sayohat qilgan.

U uyg‘urlar duch kelayotgan muammolar haqida maqolalar yozgan.

Image caption Igor Rotar Tojik-Afg‘on chegarasini noqonuniy kesib ham o‘tgan

Igor Rotarning O‘zbekistonga bag‘ishlangan oxirgi maqolalaridan biri "Amerikalik uzoq masofaga qatnaydigan yuk avtomobili haydovchisi - O‘zbekistonning bo‘lajak prezidentimi?" deb nomlangan maqolasi iyun oyining o‘rtalarida qator Internet sahifalarida e‘lon qilindi.

17 iyun kuni "Birdamlik" harakati asoschisi Bahodir Choriyevning otasi Hasan ota Choriyev hibsga olingani haqidagi xabar tarqaldi.

Igor Rotar Moskva shahrida 1965 yilda tug‘ilgan.

Hozirgi paytda u Rossiyadagi "Rosbalt" axborot agentligining muxbiri va AQShdagi Jamestown Foundation tashkilotida ishlaydi.

BBC mehmoni Igor Rotarga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.