XMT: "Ishlovchi bolalar soni uchdan bir foizga kamaydi"

  • 23 Sentyabr 2013

Xalqaro Mehnat Tashkilotiga ko‘ra, ishlovchi bolalar soni 2000 yilgiga qaraganda uchdan bir foizga - 246 milliondan 168 millionga kamaygan.

Ammo, tashkilot bolalar mehnatini butunlay yo‘qotishga qaratilgan sa‘y-harakatlar o‘ta sust borayotganini aytadi.

2016 yilgacha bolalarning o‘ta xatarli sharoitlarda ishlashlari bilan bog‘liq muammoga barham berish ko‘zda tutilgan.

Biroq, bu maqsadga ham belgilangan muddat ichida erishilmaydigan ko‘rinadi.