Olma ota shahri markazida otishma ro‘y bergan

Image caption Olma ota shahri markazida otishma ro‘y bergan

Olma ota shahri markazida otishma ro‘y bergan. Kunduzgi soat 9:30 bo‘lib o‘tgan hodisada bir kishi o‘lgan va yana bir kishi jarohatlangan. Hujum katta miqdorda pul olib ketayotgan shirkat xodimlariga nisbatan sodir etilgan. Politsiya shaharda "qo‘lga olish" rejasini joriy qilgan.

Olma ota shahar Ichki ishlar departamenti bergan xabarga ko‘ra, hujum avia va temir yo‘l chiptalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Travel Express xodimlariga nisbatan uyushtirilgan.

Guvohlarning so‘ziga ko‘ra 5-6 marta o‘q ovozi yangragan.

"Otishma bo‘ldi. Hujum qiluvchilar pistoletdan otdi. Jabrlanuvchilarning ham quroli bor edi. Ularning bittasi darhol quladi, ikkinchisi jarohat oldi va hujumchilarga qarata otdi. Tekkan tegmaganini bilmayman. "Turan" universitetidan chiqqan ikkita soqchi hujum qiluvchilarning ortidan yugurib ketdi. Hujum qiluvchilar uylarning orasiga qarab qochdi", - deydi hodisani yuqori qavatdan kuzatib turgan guvoh .

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, hujumchilar shirkat xodimlari olib ketayotgan pulni qo‘lga kiritish maqsadida hujum qilgan bo‘lishi mumkin.

Politsiya qancha pul o‘g‘irlangani va qanday quroldan o‘q uzilganini aniqlash ishlari davom etayotganini bildirgan.

Shaharda "qo‘lga olish" rejasi joriy qilingan. Amaliyotga departamentning barcha ichki tarkibi jalb qilingan.

Olma otadan inkassatorlarga hujum qilish va oqibati o‘lim bilan yakunlanish hollari oldin ham sodir bo‘lgan.