Pokiston: Zilzila kuchidan yangi orol paydo bo‘ldi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Ikki yuzdan ortiq kishining umriga zomin bo‘lgan qaqshatqich yer silkinishi Pokistonning Gvadar bandargohi yaqinida yangi orolni paydo qilgan.

Rixter shkalasi bo‘yicha qariyb sakkiz ballik zilzila chorshanba kuni asr payti Avaran shahrida yuz bergandi.

Tabiiy ofat yetkazgan ulkan vayronagarchiliklarga qaramay, dengiz sohili yangi orolni tomosha qilish istagidagi odamlarga to‘lib ketgan.

Yangi orolning bo‘yiga qariyb 200, eniga 100 metrga cho‘zilgani, balandligi esa, 20 metr ekani aytilmoqda.

Ammo, chet ellik mutaxassislarga ko‘ra, bu kabi hodisa g‘aroyib bo‘lsa ham, o‘ta noyob emas.

Videolavhamizda batafsilroq tomosha qiling.