Afg‘oniston kommunistlar tuzumi payti o‘ldirilganlarga motam tutmoqda

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Image caption Xotirlash marosimida...

Ko‘plab afg‘onlar mamlakatlarida kechgan va kechayotgan zo‘ravonliklardan jafo chekishgan. Bugun Afg‘oniston 1970 yillar oxirida kommunistlar tuzumi payti o‘ldirilgan va bedarak ketganlarni xotirlamoqda.

Yaqinda Xollandiyada o‘sha davrda yo‘q qilib yuborilgan besh ming kishining ism-sharifi tirkalgan ro‘yxat chop etilgandi.

Hujjatlarga ko‘ra, u insonlar o‘z siyosiy, diniy va ilmiy qarashlari uchun shafqatsiz qiynoqlarga solib, o‘ldirilgan.

Ro‘yxat chop etilishi ortidan jabrlanganlarning oilalari uchun adolatni qaror toptirish borasida bahsu munozaralar boshlanib ketgan.

"Kobulda 35 yil qabrsiz ketganlar uchun janoza va xotira deya ta‘riflangan marosimlarda tilovatlar qilindi. Rossiya bosqinidan oldin o‘ldirilgan qariyb 5 ming kishining ismi-sharfi paydo bo‘lishi shu qadar uzoq vaqt azoblarini boshidan kechirgan mamlakatni dahshatga soldi", deydi Kobuldagi BBC muxbiri David Loyn.

Afg‘onistonda urush va yo insoniyatga qarshi deya baho beriladigan jinoyatlar halicha hujjatlashtirilmagan.

Bu kabi og‘ir jinoyatlarni sodir etganlar hali hanuz javobagarlikka tortilmagani ko‘pda tanqid ostiga olinadi.

Afg‘onistonda yillardan beri davom tortib kelayotgan talotuplarda yaqinlarini yo‘qotganlarning ko‘plari hali hanuz o‘z jigarlari taqdiri ne kechgani borasida tuzukroq ma‘lumotlarga ham ega emasliklarini aytishadi.

Faryoblik Kozim Aminiy 1978-79 yillarda o‘zining qator oila a‘zolaridan ayrilgan.