Keniyadagi "Ash-Shabab"ga jangari yollovchi bilan uchrashuv

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Keniya poytaxti Nayrobi shahridagi Westgate savdo markaziga hujumdan keyin jahonda tobora ko‘p odam "Ash-Shabab" islomiy jangari guruhi haqida xabardor bo‘ldi.

Savdo markaziga hujum oqibatida 67 inson halok bo‘lgani xabar qilingan.

Yana 40 tacha inson bedarak ketgan.

BBCning "Panorama" teledasturi ijodkorlari Somalidagi "Ash-Shabab" guruhiga jangari yollayotganlarning Keniyadagi tarmog‘ini o‘rgangan.

Jangari yollaydiganlar orasida Mombasa shahrida yashaydigan eng tanilganlaridan biri Makaburi.

Uning ismi Abu Bakr Sharif Ahmad.

Imom Makaburi BMT ro‘yxatiga kiritilgan va uning Keniyadan tashqariga chiqishi ma‘n qilingan.

BBC muxbiri Peter Taylor videolavhasi.