London ajoyibotlari: O‘g‘ri ko‘zga ko‘rinmas bo‘yoq bilan bo‘yalgan

Image copyright AP
Image caption Yafet Askale ko‘zga ko‘rinmas bo‘yoq bilan bo‘yalgan

Yafet Askale degan kimsa birovning mashinasi ichiga kirib, buyumlarni o‘g‘irlamoqchi bo‘lganida uning yuziga "aksil-jinoyat" bo‘yoq purkalgan va yuzini yashilga aylantirgan.

Londonning shimoliy g‘arbida joylashgan Xarlesden mavzesida 28 yashar bu o‘g‘ri mashina ichida bo‘lganini inkor etgan, biroq ulьtrafiolet nurlarida uning yuzi yam-yashilga aylangani uni ushlashga dalil bo‘lgan.

Xendon mahkamasi uni bu asosda aybdor deb topgan.

Politsiyaning bildirishicha uning yuziga purkalgan "ko‘zga ko‘rinmas" bo‘yoq uning mashina ichida bo‘lganini isbotlaydi.

Uning uyida bir qancha o‘g‘irlangan ashyo ham topilgan. Bular orasida laptop ham bo‘lgan.

Askale juma kuni mahkama tarafidan 49 soat ijtimoiy mehnat hamda 400 funt jarimaga hukm etilgan.

Brent politsiyaning aytishicha ular aholini ham bu "ko‘zga ko‘rinmas" bo‘yoq bilan ta‘minlay boshlashgan.

Detektiv inspektor Madlen Rayderning so‘zlariga ko‘ra: "Brent politsiyasining o‘g‘rilarga aytmoqchi bo‘lgani: "Brentga kelishning hojati yo‘q, Brent boshdan oyoq qopqonlangan! Bu qopqonlar senlarni kutmoqda!" - degan gapdir".