Rossiya harbiy bazasidan Tojikistonga nima naf?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Tojikiston parlamenti Rossiya harbiy bazasini mamlakat hududida 2042 yilgacha qolishiga oid kelishuvni ratifikatsiya qilgan.

Mazkur bitim 2012 yil 5 oktyabrida Prezident Vladimir Putinning Dushanbega safari chog‘i imzolangandi.

Rossiya Dumasi uni qariyb yarim yil oldin tasdiqdan o‘tkazgandi.

Rasmiy Moskva harbiy bazasining Tojikiston hududida turishi evaziga mamlakat armiyasini modernizatsiyalashtirish hamda qurol-yarog‘ bilan ta‘minlashga va‘da bergan.

Tojikistondagi 201-harbiy baza Rossiyaning xorijdagi eng yirik harbiy qarorgohi hisoblanadi.

Bu bazada 7 mingga yaqin harbiy xizmat qiladi.

BBC Rus Xizmatining Tojikistondagi muxbiri Anora Sarkorova baza atrofidagi bahsu munozaralar hamda Moskva bilan bitimning ratifikatsiya qilinishi Rossiyadagi ko‘psonli mehnat muhojirlari taqdiriga qanchalar ta‘sir qilishi borasida hikoya qiladi.