London ajoyibotlari: futbolchilar nomi metro bekatlariga

Image copyright BBC World Service
Image caption London metrosining 367 bekatining bari bu xaritada futbolchilar nomi bilan atalgan

London metrosida birdaniga: "Keyingi bekat Bobbi Charlton, undan Devid Bekham bekatiga o‘tish mumkin" - degan e‘lon yangrab qolsa bormi!

Angliya futbol uyushmasi hamda London metropoliteni o‘zining 150 yillik bayramlarini nishonlagani metroning futbolchilar nomi bilan atalgan maxsus xaritasini chop etishdi.

London metrosining 367 bekatining bari bu xaritada futbolchilar nomi bilan atalgan.

Masalan Uembli Park bekati inglizlarni jahon chempioni qilgan murabbiy Alf Ramsey nomini olgan, Apton Park bekati Bobbi Mur deb atalgan, Leytonstoun esa Bekham bekati deb nomlangan.

Bu xaritada 14 xatning bari ma‘lum ma‘noga egadir.

Deylik Dokland xati urushdan avval o‘ynagan futbolchilarga bag‘ishlangan, Viktoriya xati bekatlari esa ayol futbolchilar nomlari bilan atalgan.

Mashhur futbolchi Maykl Ouenning aytishicha: "Futbol uyushmasi va London metropolitenining 150 yilligini nishonlash uchun bu xaritaning chiqarilishi ajoyib ishdir! Men ham Oksford Syorkus bekatiga muyassar bo‘lishimdan behad xursandman!"

Ma‘lum bo‘lishicha Angliyaning futbol uyushmasi 1863 yilning 26 oktyabr kuni Xolborn metro bekati atrofida tashkil etilgan.