Obama va kongress: muammoning yechimi topilmayapti

Image caption Prezident Obama ogohlantirishicha, respublikachilar fraktsiyasi o‘z qarzlari hisobiga mamlakatni defoltga uchrashiga yo‘l qo‘yishga tayyor

Prezident Barak Obama bilan Amerika Kongressining rahbarlarining byudjet muammosi borasidagi uchrashuvi natijasiz tugagan.

Hukumat xizmatining qayta ish boshlashi uchun Obama kongressmenlarni qonun loyihasi o‘tkazishga ko‘ndirishi kutilayotgan edi.

Ikki kun oldin Kongress yangi byudjet bo‘yicha murosaga kelolmagani bois, hukumat o‘z ishini vaqtinchalik to‘xtatgan edi.

Respublikachi va demokratlar muammoda bir-birlarini ayblashmoqda.

Respublikachi Jon Beynerning muxbirlarga aytishicha, Obama bilan uchrashuv yaxshi o‘tgan, biroq o‘zgarishlar yetarli emas.

Janob Beyner prezident muzokaralar o‘tkazishga ko‘nmayotganini aytgan. Senatdagi demokratlar rahbari Garri Ridga ko‘ra, Obama respublikachilarning rejalarini ma‘qullamagan.

Ayni paytda qariyb 700 ming hukumat xizmatchilari o‘z hisobidan dam olishda qolmoqda.

Ko‘pgina davlat tashkilotlari, jumladan pasport va viza berish xizmatlari ishlamayapti.

Milliy bog‘lar, sayyohlik saytlari, hukumat web-saytlari va boshqa ko‘plab idoralar yopiq.

Prezident Obama ogohlantirishicha, respublikachilar fraktsiyasi o‘z qarzlari hisobiga mamlakatni defoltga uchrashiga yo‘l qo‘yishga tayyor.

Obama televideniyega bergan intervyusida o‘zining "asabiylashgani"ni aytgan.

Respublikachilar 2010 yilda demokratlar tomonidan qabul qilingan sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni bekor qilishni so‘rashmoqda.

Chorshanba kuni Obama qator yirik banklar JPMorgan Chase, Goldman Sachs va Amerika Banki vakillari bilan iqtisodiy muammolar to‘g‘risida gaplashdi.

Amerika Milliy istihborat boshlig‘i Jeyms Klepper hukumatda faoliyatning to‘xtatib turilgani mamlakatni himoya qilish imkoniyatlariga jiddiy ziyon yetkazishidan ogohlantirdi.

"Bu vaziyat davom etar ekan, Amerika uchun xavf har kuni oshib boradi. Xorij josuslik xizmatlari bunday foydalanishlari mumkin", - degan janob Klepper senatdagi chiqishida.