London ajoyibotlari: bo‘lajak deputat jarima yuzasidan ishidan ajragan

Image copyright none
Image caption Josi Channer yo‘l va to‘xtov qoidalarini buzganligi uchun 2000 funt miqdorida jarimalar to‘plagan

Leyboristlar partiyasi a‘zosi Josi Channer yo‘l va to‘xtov qoidalarini buzganligi uchun 2000 funt miqdorida jarimalar to‘plagan.

Bu jarimalarni to‘lamaslik oqibatida u o‘z deputatlik nomzodligi kurashidan chetlantirilgan.

Josi Chaner xonimlari bu jarimalarni Londonning Barking va Dagenhem mavzelarida olgan.

Qizig‘i shuki, ayni shu mavzelarda u mashina to‘xtovi va bekatlari bo‘yicha nazorat qo‘mitasining a‘zosi bo‘lgan.

Hozirda u Bristol shahrida deputatlik mansabi uchun kurashayotgan ekan.

Jarimalarni to‘lamaganligi mashmashasi o‘rtaga chiqqach, u o‘zining saylovoldi kampaniyasini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Josi Channer o‘z bayonotida bu ishdan achinishini aytgan.

U oxirgi uch yil davomida 10 marta jarimaga yo‘liqqan ekan.

Uning so‘zlariga ko‘ra u jarimalar masalasini avvalroq yechganman deb o‘ylagan emish.

Barking va Dagenhem mavze kengashlari bu jarimalar hali ham to‘lanmaganligini tasdiqlashgan.