"O‘zbekistonda jihodchilar ko‘zi ojiz nogironlardan foydalanishgan"

Image copyright BBC World Service

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari radikal "jihodchilar" deyilgan harakatga tegishli noqonuniy bosmaxonani fosh etishgan.

Xabarlarga ko‘ra, "Islomiy Jihod" guruhi bosmaxonadan o‘z varaqalari va ekstremist mohiyatga ega adabiyotlarni chop etishda foydalangan.

Huquq-tartibot organi manba‘sining matbuotga ma‘lum qilishicha, jihodchilar o‘z g‘oyalarini targ‘ib qilishda to‘rt nafar toshkentlik ko‘zi ojizni ishga solishgan.

Aytilishicha, taqiqlangan diniy harakat vakillari avvaliga go‘yoki xayriya ishlari ko‘rinishida tekinga ushbu nogironlarga xizmat ko‘rsatib, malakasini oshirgan. Keyin ulardan o‘z maqsadlari yo‘lidagi radikal adabiyotlarni chiqarishda foydalanishgan.

Huquq tartibot idoralarining bildirishicha, nogironlar o‘zlari nimani bosib chiqarayotganlarini bilishmagan.

"Jinoiy guruh faoliyati oshkor etilib, uning a‘zolari qo‘lga olindi. Jinoiy ishga o‘zi bilmagan holda aralashib qolgan imkoniyati cheklangan odamlarga esa jazo qo‘llanilmadi", deya bildiradi o‘zbekistonlik rasmiylar.

BBC Toshkentdan taniqli inson huquqlari himoyachisi Surat Ikromovdan "Siz kuzatgan mahkamalarda ko‘zi ojizlar adabiyoti ham uchraganmi, deb so‘radi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi